O‘zbekistonda Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va o‘rta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash” loyihasi amalga oshiriladi. Buning uchun bank va Islom birdamligi taraqqiyot jamg‘armasi 40 mln dollar ajratadi.
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda 1560 MVt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi qurish uchun davlat kafolatisiz 325 mln yevro investitsiya kiritadi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Islom taraqqiyot banki bilan qishloq va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan 400 mln dollarlik bitimlar imzolandi.
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi qishloq joylarni rivojlantirish uchun 200 mln dollar ajratdi. Loyihada 113 ta qishloqni rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, elektr ta’minoti tizimini yaxshilash rejalashtirilgan.
Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistondagi qishloq joylarini rivojlantirish loyihasi uchun $275 mln miqdorida qarz ajratiladi. Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY hududlarida amalga oshiriladi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashi yig‘ilishida umumiy qiymati 280 mln dollardan ortiq bo‘lgan shartnomalar imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdo aloqalarini kengaytirish haqida gapirar ekan, Afg‘oniston ham mintaqaning ajralmas qismi ekanligiga urg‘u berdi. «Afg‘onistonda siyosiy barqarorlikni o‘rnatish — mintaqaviy xavfsizlikning ishonchli omilidir», — dedi prezident.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting